11:41 / 16.10.2021
1 627

5 yilda O‘zbekiston aholisi 40 mln kishiga yaqinlashadi – Shavkat Mirziyoyev

5 yilda O‘zbekiston aholisi 40 mln kishiga yaqinlashadi – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Milliy mass-media fondi
O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni Toshkent viloyatida o‘tkazmoqda. Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT markazida tashkillashtirilgan uchrashuvning o‘ziga xos jihati, zalda yoshlarning nisbatan ko‘pligi bo‘ldi. Shuningdek, nomzodni olqishlashda ham poytaxt viloyati vakillari ancha faol bo‘lishdi.

Tadbirni nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili, Toshkent davlat agrar universiteti prorektori Ra’no Turdiboyeva ochib berdi va olib bordi. Bu moderator ham an’anadan chekinmadi va Shavkat Mirziyoyevni tanishtirishga hojat yo‘qligini ta’kidladi. Jumladan, nomzodning viloyat taraqqiyoti uchun bajargan ishlariga, xususan Nurafshon shahri barpo etilganiga, 5 yil avval faqat 1ta OTM bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ular soni 9taga yetganiga to‘xtalib o‘tgan Ra’no Turdiboyeva Shavkat Mirziyoyevga so‘z berdi.

Har bir hududga borganda katta mas’uliyatni his qilaman, har bir odam o‘z hayotida qanday o‘zgarish bo‘lishi haqida bo‘lishi haqida bilgisi keladi. Toshkent viloyatining yutug‘i katta tabiiy boyliklardan ham ko‘ra mana shu ko‘p millatli xalqidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yaqin 5 yilda O‘zbekiston aholimiz bo‘yicha 40 mln kishiga yaqinlashamiz, aniqrog‘i 38,7 mln nafar. Aholisi ko‘p, rivojlangan davlatlarga qarasangiz, ularda yoshlar soni kamayyapti, aholi qarishi kuzatilyapti. Bizda esa aksi, bu ham davlatimiz kelajagi barqarorligini belgilaydi.

Yoshlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, men bejiz ta’limga ko‘p to‘xtalmayman. Yaqin-yaqingacha ham Toshkent viloyatida ta’lim, ayniqsa oliy ta’limni o‘z holiga tashlab qo‘yganimiz ham rost.

Bu yerda OAV vakillari o‘tirishibdi, ular bir raqamni ko‘p so‘rashadi. Men boshidan bir raqamni aytmoqchiman – kelgusi 5 yilda Toshkent viloyati taraqqiyoti uchun 70 trln so‘m pul bilan keldim
”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 yilda O‘zbekiston aholisi 40 mln kishiga yaqinlashadi – Shavkat Mirziyoyev