00:28 / 17.10.2021
1 022

O‘zbekistonda taksichilik bilan shug‘ullanuvchilar eng ko‘p qaysi hududda?

O‘zbekistonda taksichilik bilan shug‘ullanuvchilar eng ko‘p qaysi hududda?
Respublika bo‘ylab 2021 yilning oktabr oyi holatiga ko‘ra, 5 mingdan ziyod yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olindi. Bu haqda davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyatida YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlar 807 nafarni tashkil etadi va bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Shuningdek, Surxondaryoda 678 nafar yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 504 nafarni tashkil etmoqda. Eng kam tashuvchi ro‘yxatga olingan hudud – Namangan viloyati, 78 ta.

Rasmiy xabarga ko‘ra, YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlarga jami 2,2 mlrd so‘m qat’iy belgilangan soliq va 3,9 mlrd so‘m ijtimoiy soliq hisoblangan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan haydovchidan tashqari to‘rtta o‘rindiqli yengil avtotransportda taksi xizmati ko‘rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgandi. Ushbu norma 2022 yil so‘ngiga qadar eksperiment tariqasida amalga oshirilishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda taksichilik bilan shug‘ullanuvchilar eng ko‘p qaysi hududda?