Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda «Namanganda eshak go‘shtini so‘yganlar ushlandi, balki sotuvga chiqib ketgan bo‘lishi ham mumkin» izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, 16 oktabr kuni Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy oldidagi chiqindi tashlash joyiga «Moskvich» (M-412) haydovchisi eshakning ichki a’zolarini tashlab ketayotgani to‘g‘risidagi Namangan viloyati IIB 102 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv ishlarida aniqlanishicha, 36 yoshli fuqaro 16 oktabr kuni so‘yilgan eshak go‘shtidan chiqqan chiqindilarini akasining uyidan olib, ushbu chiqindixonaga tashlab ketgan. Akasi 16 oktabr kuni Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan hayvon bozoridan 3 bosh eshakni 580 ming so‘mga sotib olib, yashash xonadoniga olib kelib, bir o‘zi so‘ygan. Go‘shtni Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli tanishiga sotgan. Eshak go‘shtining ichki a’zolarini esa ukasiga tashlab kelishini aytgan.
Eshak go‘shtini sotib olgan fuqaro esa Namangan shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida ekspeditor lavozimida ishlab kelishi va hayvonlarga kunlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan. 16 oktabr kuni tanishidan 600 ming so‘mga go‘sht sotib olgan va uni hayvonot bog‘idagi hayvonlarga berishini aytgan.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB tomonidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi