17:37 / 17.10.2021
724

UzAuto Motors: kompaniya Yuqorichirchiq tumanida yoshlar markazi qurilishi loyihasini yakuniga yetkazdi

UzAuto Motors: kompaniya Yuqorichirchiq tumanida yoshlar markazi qurilishi loyihasini yakuniga yetkazdi
Bugun «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan qurilgan yoshlar markazi bazasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Astrum IT-akademiyasi ochildi.

Ultrazamonaviy majmua O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va AKTni rivojlantirish loyihalari doirasida «O‘zavtosanoat» tashabbusi bilan amalga oshirildi. Loyiha 3,5 gektar hududda 8500 kvadrat metr maydonga ega binodan iborat kompleksning kontsepsiyasi, dizayni va qurilishini o‘z ichiga olgan.

Eng yangi texnik talablar asosida jihozlangan yoshlar markazidan samarali foydalanish uchun «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Botir Orifjonovni jalb qildi (LeBazar, Paynet asoschisi, Khan Academy Uzbek rahbari), uning rahbarligi ostida Astrum IT-akademiyasi tashkil etildi.

«Men ushbu loyihani amalga oshirishda UzAuto'ning qo‘llab-quvvatlashidan chin dildan xursandman. Kompaniya dastlabki kunlardan boshlab mavjud resurslardan to‘g‘ri foydalanish uchun yaxshi suyanchiqqa aylandi va men ishonamanki, bu bizning yoshlar va axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligimizning faqat boshlanishidir», - dedi Botir Orifjonov.

Akademiyaning uch qavatli binosi zamonaviy talablarga javob beruvchi 1000 dan ortiq kuchli kompyuterlar bilan jihozlangan. Dastur doirasida talabalarga dasturlashni o‘rgatish, shuningdek, ularning bu yo‘nalishda keyingi ishga joylashishi ham nazarda tutilgan. Shunday qilib, o‘qitish va ishlab chiqarishni birlashtirgan klaster tashkil etish rejalashtirilgan. Talabalarning yutuqlari sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida baholanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: UzAuto Motors

Foto: UzAuto Motors

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » UzAuto Motors: kompaniya Yuqorichirchiq tumanida yoshlar markazi qurilishi loyihasini yakuniga yetkazdi