18:41 / 17.10.2021
1 469

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 16 oktabr holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi jami 23,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilib, to‘liq emlanganlar soni 5 688 341 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16 oktabrda mamlakat bo‘ylab 201 043 doza qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 79 993 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 67 745 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 53 305 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 23 846 899 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 12 772 433 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 7 524 561 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 3 549 905 nafarni tashkil qildi. Emlash jarayonida 6 xil: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, «Sputnik V», Moderna, Pfizer/BioNTech va Sinovac vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun uchun 2021 yil davlat budjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirilgan edi. Ayni paytda ushbu mablag‘ to‘liq o‘zlashtirilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida koronavirusga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trillion so‘m ajratilgani ma’lum qilindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi