09:45 / 18.10.2021
1 752

Surxondaryoda 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxs jarimaga tortildi

Surxondaryoda 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxs jarimaga tortildi
Foto: Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» axborot dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqaro ovchilik guvohnomasi va ov quroli bilan 10 tagacha kaptar ovlashga ruxsatnomasi bo‘la turib, bo‘riga yem uchun 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan. Ushbu holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi va Jarqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida aniqlangan.

Holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman sudi qarori bilan sudlanuvchi fuqaro A.E.ga 106 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Unga tegishli bo‘lgan ovchilik guvohnomasi olib qo‘yilib, ov quroli davlat foydasiga musodara etilgan.

Shuningdek, 266 ta kaptarni o‘ldirib, hayvonot dunyosiga yetkazgan zarari uchun 32 million 585 ming so‘m Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga undirish belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxs jarimaga tortildi