10:47 / 18.10.2021
758

Qoraqalpog‘istonga uchib kelgan flamingolar

Qoraqalpog‘istonga uchib kelgan flamingolar
Foto: Videodan kadr
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasiga pushti flamingolar uchib keldi. Ushbu noyob qushlar galasi Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xodimlari tomonidan qo‘riqxonaga tashkil etilgan ekspeditsiya doirasida kamera ob’ektiviga muhrlangan.

Ornitolog olimlarning fikricha, mahalliy tilda qizilg‘oz deb nomlanuvchi flamingo qushlari Qoraqalpog‘istondan, asosan, uchib o‘tish, uzoq safar oldidan oziqlanish uchun foydalanadi. Lekin qoraqalpog‘istonlik ornitolog olimlar 2014 yilda Sudoche ko‘llar tizimida olib borgan tadqiqotlar vaqtida flamingoning katta uyalovchi koloniyasini topgan edi.

Flamingo O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 40 turdagi qushlarning biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonga uchib kelgan flamingolar