12:34 / 18.10.2021
809

O‘n besh sutkaga qamalgan Bobur G‘aniyev blogerlikni yakunlanganini e’lon qildi

O‘n besh sutkaga qamalgan Bobur G‘aniyev blogerlikni yakunlanganini e’lon qildi
Bloger Bobur G‘aniyev internetda videobayonot bilan chiqdi. Unda G‘aniyev biznes boshlaganini va blogerlikka vaqti bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tgan.

«Azizlar, men bir biznes boshladim, shu sababli YouTube kanaliga vaqt ajratishga imkon bo‘lmaydi. Shuning uchun kanalimni Taftish.uz axborot agentligiga topshirmoqdaman. Yo‘l harakati qoidalariga doimo rioya qiling»,— deya fikrlarini yakunlagan bloger.

Eslatib o‘tamiz, Bobur G‘aniyev Uchtepa tumanida IIB xodimlarini «ment» deb haqorat qilgani va shaxsiy telefonida pornografik materiallar borligi uchun ushlangan va 15 sutkaga qamalgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘n besh sutkaga qamalgan Bobur G‘aniyev blogerlikni yakunlanganini e’lon qildi