15:02 / 20.10.2021
1 800

Svetlana Ortiqova: «Dunyodagi qiynoqlar bo‘lmagan davlatning o‘zi yo‘q...»

Svetlana Ortiqova: «Dunyodagi qiynoqlar bo‘lmagan davlatning o‘zi yo‘q...»
Bugun Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xolda «Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash – mamlakat tarroqiyoti va xalq farovonligi garovidir» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirok etgan Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova mamlakatda sud-huquq tizimida uchrab turgan qiynoqlar haqida fikr bildirdi:

«Dunyodagi qiynoqlar umuman yo‘q davlatni ko‘rsating, o‘sha davlatni o‘rganib, o‘zimizda joriy etamiz. Afsuski, bunday mamlakat yo‘q. Agar qiynoqlar bo‘lmaganda edi, BMT katta rezolyutsiyalar chiqarmagan bo‘lardi. O‘zbekistonda ham inson huquqlarining buzilishi uchraydi. Ammo biz yaxshilashga harakat qilyapmiz».

«Nega er xotinini urishi kerak, nega ota-ona farzandining erkinligini cheklashi kerak, nega o‘zbekistonlik, o‘zbekistonlikni qiynashi kerak? Qaytaraman, hech kimning kimnidir qiynashga haqqi yo‘q. Kimki, bunga yo‘l qo‘ysa, javobgarlikka tortiladi», - deydi Ortiqova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Svetlana Ortiqova: «Dunyodagi qiynoqlar bo‘lmagan davlatning o‘zi yo‘q...»