08:00 / 21.10.2021
1 468

Toshkentda bankomatdan qariyb 400 mln so‘m o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda bankomatdan qariyb 400 mln so‘m o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan bankomatdan qariyb 400 million so‘m o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 9 oktabrdan 10 oktabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar banklardan birining bankomatini ochib, undan ichida 396 million 300 ming so‘m bo‘lgan 3 ta qutini olib ketgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar — 25 yoshli A.A., 28 yoshli M. A., 26 yoshli U.A. va 25 yoshli M.M. qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bankomatdan qariyb 400 mln so‘m o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi