15:25 / 21.10.2021
1 459

Shavkat Mirziyoyev: «Kontrakt pulini hokimliklar to‘lab beradi»

Shavkat Mirziyoyev: «Kontrakt pulini hokimliklar to‘lab beradi»
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Jizzax viloyatida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Tez tibbiy yordam xizmatidagi 100 dan ziyod «Damaslar» Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan «Folksvagen» mashinalariga almashtiriladi. Tog‘li va olis hududlar uchun, tibbiy vertolyot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu maqsadlar uchun, kelgusi besh yilda budjetdan 2,1 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

Yana bir muhim masala – aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatiga shifokorlarning yetishmasligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Viloyatda 1,5 mingga yaqin vrachlarga ehtiyoj mavjud. Shu maqsadda, tibbiyot oliygohlarida o‘qiyotgan 1 ming 200 nafar jizzaxlik talabalarni o‘z hududlarida ishga jalb etish uchun qulay sharoit yaratiladi. Ular bilan shartnoma tuzilib, ta’lim kontrakt pullari hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, «Qishloq shifokori dasturi» ham kengaytirilib, yana qo‘shimcha 6 ta olis qishloqqa ishlashga boradigan yosh shifokorlarga ham, 30 million so‘mdan beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Kontrakt pulini hokimliklar to‘lab beradi»