Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan respublikada go‘sht mahsulotlari va asosiy iste’mol mahsuloti bo‘lmish kartoshkaga bo‘lgan talab va narxlar barqarorligini ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritilmoqda.
Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasiga 2021 yil 10 oktabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha qo‘shimcha norma kiritilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarni barqarorlashtirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?