17:19 / 23.10.2021
1 670

Navoiyda poyezd 3 ta tuyani urib yubordi

Navoiyda poyezd 3 ta tuyani urib yubordi
Navoiy viloyati «Tinchlik» lokomotiv deposiga qarashli teplovoz o‘ziga biriktirilgan yuk poyezdini Mustaqillik – Uchquduq yo‘nalishida tortib kelayotgan vaqtda temir yo‘llarda qarovsiz yurgan 3 bosh tuyani urib yuborgan.

Hodisa ertalabki 7:50 larda sodir bo‘lgan. Yo‘ldagi tuyalarni ko‘rgan mashinist va uning yordamchisi tezlikni pasaytirib, ogohlantiruvchi signalni va tezkor tormozni bosgan. Shunga qaramasdan tuyalar yo‘ldan qochmagan va poyezd urib yuborishi natijasida nobud bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda tuyalar Uchquduq tumani Shanhar ovuliga tegishli ekanligi aniqlangan. Chorva egalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-modda 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.

Voqeadan so‘ng mas’ullar teplovozni ko‘zdan kechirgan. Markaziy dispetcher ruxsati bilan 08:10 da poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda poyezd 3 ta tuyani urib yubordi