01:03 / 24.10.2021
1 699

O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi?

O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi?
Caylov kodeksiga ko‘ra, OAV vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, shu jumladan, saylov kuni ovoz berish binolarida bo‘lish, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqlariga ega. Buning uchun OAV vakilida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjat bo‘lishi kerak.

Bu uning akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomadir. Ya’ni, “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga ko‘ra, saylovni yorituvchi OAV vakillari — Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi va maxsus guvohnoma beriladi.

ESLATMA!
OAV vakillari saylov jarayonlarida o‘ziga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan guvohnomani hamda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi, vakolatli shaxslar talabiga muvofiq ularni ko‘rsatishi shart.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi?