14:04 / 25.10.2021
1 756

Sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi

Sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi
«Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:
  • 2022 yil 1 iyuldan boshlab sug‘urtaning barcha turlarini elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi;
  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
  • 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.

Shuningdek, jismoniy shaxslarning uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha yo‘naltirilgan mablag‘lari hamda ularga to‘langan sug‘urta to‘lovi soliqqa tortilmasligi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi