12:34 / 26.10.2021
1 603

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

«Sizni 2021 yil 24 oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi ishonchli g‘alabangiz bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolodan xalq farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deyiladi tabrikda.

Muftiy prezidentlik saylovlari natijalari xalqning o‘z rahbariga bo‘lgan yuksak ishonchi va hurmatidan dalolat ekani haqida yozgan.
Shuningdek, tabrik matnida amaldagi prezidentning saylovlardagi aniq g‘alabasi – mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining namoyishi bo‘lgani aytiladi.

«Alloh taboraka va taolodan Siz janobi oliylariga va oilangizga sihat-salomatlik, shod-u xurramlik va oilaviy baxt tilaymiz. El-yurt saodati va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar ato etishini Yaratgan Parvardigordan so‘raymiz», – deyiladi yaqindagina saylangan muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning tabriknomasida.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini e’lon qildi.

MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev saylov natijalariga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi