18:15 / 26.10.2021
1 660

Toshkentda qiz o‘z joniga qasd qilishga urindi

Toshkentda qiz o‘z joniga qasd qilishga urindi
Foto: IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlari o‘z joniga qasd qilishga uringan qizni qutqarib qolganligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 oktabr kuni taxminan soat 01.15 larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga X.I. ismli fuqaro o‘z joniga qasd qilayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan shu hududda xizmat olib borayotgan Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelishgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan professional ravishda amalga oshirgan sa’y-harakatlari tufayli X.I.ning hayotini saqlab qolishgan.

Ushbu hodisaning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qiz o‘z joniga qasd qilishga urindi