21:41 / 26.10.2021
739

Yangi barpo bo‘lgan tumanda yana bir oila tiklandi

Yangi barpo bo‘lgan tumanda yana bir oila tiklandi
Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 06.03.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor J.Rasulovdan undiruvchi N.Rasulova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochisi R.Shokirov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari hamda tushuntirishlar natijasida qarzdor va undiruvchi yarashtirilib, undiruvchi G.Raximdjanova 27.09.2021 yilda bo‘limga murojaat qilib aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida" gi Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan qaytarib olishi natijasida mazkur ijro hujjati tamomlagan.

Yangi barpo bo‘lgan tumanda yana bir oilani tiklanishi va farzandlar to‘liq oilada ulg‘ayishiga hissa qo‘shildi!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Yangi barpo bo‘lgan tumanda yana bir oila tiklandi