16:43 / 27.10.2021
1 761

Mutaxassis: «Noyabr—dekabr oylari qon bosimi kasalligi bor bemorlar uchun xavfli»

Mutaxassis: «Noyabr—dekabr oylari qon bosimi kasalligi bor bemorlar uchun xavfli»
Noyabr—dekabr oylarida kuzatiladigan juda tez o‘zgaruvchan ob-havo qon bosimi kasalligi bor bemorlar uchun xavfli hisoblanadi. Bu haqda Telegram’dagi «Gidrometrologik ilmiy tahlillar, ob-havo bashoratlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar» kanalida ma’lum qilindi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov o‘z Telegram kanalida O‘zbekistondagi aholi demografiyasi bilan bog‘liq o‘lim statistikasi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2021 yilning 9 oyi davomida 132,1 ming o‘lim holati qayd etilgan. Bunda 1-chorakda 39,6 ming, 2-chorakda 40,1 ming, 3-chorakda esa 52,4 ming o‘lim ro‘yxatga olingan. Ya’ni 3-chorakda o‘lim holati 2-chorakka nisbatan 31 foizga yoki 12,3 mingga ko‘p bo‘lgan.

Gidrometeorologiya ilmiy- tekshirish instituti doktoranti, falsafa doktori Erkin Abdulahatovning yozishicha, tabiiyki, ko‘pchilik buni koranavirus omili bilan bog‘laydi. «To‘g‘ri bu bor gap, o‘tgan ikki yozda koronavirus to‘lqini avj oldi. Ammo ushbu yildagi anomal issiq havo omili aholining bemor qatlami orasida o‘lim hodisalarini keltirib chiqargan bo‘lishi ham mumkin. Lekin bu juda kichik salmoqga ega», — deb yozadi mutaxassis.

Ta’kidlanishicha, kuz—qish oylari bo‘lmish noyabr—dekabr oylari juda tez o‘zgaruvchan ob-havo o‘zgarishlarga xos davrdir. Bir-biridan keskin farq qiluvchi issiq va sovuq haroratli oqimlar, yog‘insiz kunlar ortidan, tez-tez yog‘ingarchilikning kuzatilishi havodagi atmosfera bosimining keskin o‘zgarishlari fonida yuz beradi.

«Bunda qon bosim kasalligi bor bemorlar ko‘p jabr ko‘rishadi. Qon bosimi dinamikasini ma’lum bir muvozanatda ushlab turish uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari iste’molidan tiyilgan bemorlar ham bu mavsum oralig‘idan juda qiyinchilik bilan o‘tib olishadi. Azaldan shunday bo‘lib kelgan. Shuning uchun yilning to‘rtinchi choragida oldindan o‘lim hodisalari iqlim omili sabab boshqa chorakka nisbatan yuqori bo‘lib turgan», — deya ta’kidlaydi Abdulahatov.

Shu bilan birga, u kelgusida tibbiyot tarmog‘ida «O‘zgidromet» bilan hamkorlikda atmosfera bosimining keskin o‘zgarishlari, uning kutilajak qiymatlarini oldindan prognoz qilgan holda, qon bosimi mavjud bemorlarga konsultatsiya berish tarmog‘i joriy qilinishiga umid bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis: «Noyabr—dekabr oylari qon bosimi kasalligi bor bemorlar uchun xavfli»