17:12 / 27.10.2021
842

Sabzining ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari

Sabzining ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari
Sabzining foydali mahsulot ekanligi hammaga ma’lum bo‘lib kelgan. Bu mutlaqo to‘g‘ri, lekin sabzavotning yana bir qancha xususiyatlari mavjud. Ushbu ildizli sabzavot ratsionga qo‘shilsa, salomatlik uchun koni foydadir.

Albatta, sabzining xususiyatlarini avvalo, ko‘z uchun foydalaridan boshlash kerak. Atigi bir dona sabzi kuchli tabiiy antioksidant bo‘lgan A vitamini kunlik qiymatining 200 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi. A vitamini yetishmovchiligi kseroftalmiya – ko‘rish qobiliyatining pasayishi va tungi ko‘rlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, sabzi lyutein va zeaksantin antioksidantlariga boy bo‘lib, ular ko‘zning to‘r pardasi va linzalarini shikastlanishdan himoya qiladi va yoshga bog‘liq ko‘zdagi muammoni kamaytiradi.

A vitamini nafaqat ko‘z uchun foydali, balki terining holatini sezilarli darajada yaxshilaydi, unga navqironlik va tarang ko‘rinish beradi, shuningdek, qarishning birinchi belgilari bilan kurashadi. Bundan tashqari, modda o‘pka salomatligi uchun juda foydali va nafas olish kasalliklarining oldini oladi.

Sabzi tarkibidagi kletchatkalar qon shakarini va insulin darajasini tartibga solishga yordam beradi, shuningdek, ovqat hazm qilish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Suv bilan birgalikda kletchatkalar uzoq vaqt davomida to‘qlik tuyg‘usini ta’minlaydi va ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi. Foydali xususiyatlarning ko‘pligi bilan sabzining kaloriyasi past, shuning uchun ular vazn saqlaydiganlarning ratsioni uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Sabzi tarkibidagi kaliy qon bosimini tartibga soladi. Bu natriy darajasini nazorat qiladi va tanadan ortiqchasini chiqarib tashlashga yordam beradi, natijada yurakdagi stressni yengillashadi. Xuddi shu sababga ko‘ra, sabzi qorin dam bo‘lishi va shishni yengillashtiradi.

A va C vitaminlari kombinatsiyasi immunitet tizimini sezilarli darajada mustahkamlaydi, bu ayniqsa, sovuq mavsumda juda muhimdir. Vitaminlar immunoglobulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa o‘z navbatida virus va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi tabiiy himoya hosil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Sabzining ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari