18:08 / 17.11.2021
2 191

Toshkentdagi ob-havo tufayli qator aviareyslar kechiktirildi

Toshkentdagi ob-havo tufayli qator aviareyslar kechiktirildi
Foto: «Aviaspotter»
17 noyabr kuni ob-havo sharoiti tufayli Toshkent aeroportida bir nechta reyslar kechiktirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Toshkent — Dubay» yo‘nalishidagi HY-333 reysi ob-havo sharoitidan tashqari yo‘lovchilardan birining favqulotda bortdan olinganligi sababli ham kechiktirilgan.

«Samolyot uchishidan biroz vaqt oldin unga telefon orqali yaqin qarindoshi vafot etganligi haqida xabar berishdi, shu bois u bortni tark etishga va yukini olishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.

Mahalliy vaqt bilan soat 14:05 da Boeing 787−8 Dubayga uchib ketdi. Aviakompaniya bortdagilarning barchasini bort ovqatlari bilan ta’minlagan.

Ob-havo sharoitlari sababli yana bir nechta xalqaro va mahalliy, jumladan Toshkentdan Istanbul, Olmaota, Dushanbe, Dubay, Nukus, Urganch va Farg‘ona shaharlariga uchuvchi reyslar kechiktirilgan edi.

Ushbu yo‘nalishdagi samolyotlar allaqachon uchib ketgan, faqatgina Turkish Airlines aviakompaniyasining «Toshkent — Istanbul» yo‘nalishidagi TK-369 reysi noma’lum vaqtga qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ob-havo tufayli qator aviareyslar kechiktirildi