19:05 / 19.11.2021
3 138

Toshkentda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib tashlandi

Toshkentda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib tashlandi
Foto: Telegram / Inkuzart
Toshkentdagi «O‘zbekneftgaz» yonilg‘i quyish stansiyasi yaqinida benzin narxining oshishiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi. @inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon 19 noyabr kuni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga suratning paydo bo‘lishi tasvirlangan videoni joylashtirgan.

Tasvir Uchtepa tumanida Katta Qa’ni ko‘chasidagi uylardan birining devoriga chizilgan. Unda do‘ppi kiygan erkak yonilg‘i quyish pistoleti yordamida boshiga «otayotgani» tasvirlangan. Oradan bir necha soat o‘tgach, internetda mazkur strit-art bo‘yab tashlangani tasvirlangan surat paydo bo‘ldi.

Foto: Telegram / Trolluz
«Gazeta.uz»ning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur ijod ishini oldinroq Seul (Janubiy Koreya)dagi ko‘chalarning birida chizilgan strit-artga o‘xshatgan.

Foto: Street-art-avenue
Yeslatib o‘tamiz, sentabr boshida @inkuzart O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliyaga bag‘ishlangan strit-art chizgandi. Unda mashina uchun uzun navbat va navbat boshida qizil shapkali inson tasvirlangandi. Keyinroq ushbu tasvir to‘liq o‘chirib tashlangan, poytaxt hokimligi va «O‘zavtosanoat» bu ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib tashlandi