21:15 / 19.11.2021
11 156

Putin Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi fuqarolar farovonligini oshirishi haqida gapirdi

Putin Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi fuqarolar farovonligini oshirishi haqida gapirdi
Foto: Mixail Klimentev/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabrikladi va uning davlat rahbari sifatidagi xizmatlarini yuqori baholashini bildirdi.

«Sizni saylovlardagi ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. Prezident sifatidagi ilk qadamlaringizdan boshlab siz bilan ko‘p bora gaplashganmiz. Oldimizda turgan ishlar katta va juda qiyin, lekin bizda hammasi amalga oshmoqda», – deya Putinning so‘zlarini keltirmoqda TASS axborot agentligi.

«Ishonch bilan oldinga intilmoqdasiz, mamlakatni «ko‘tarmoqdasiz», natijalar bor. Insonlar buni ko‘rmoqda va his qilmoqda», – deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Shuningdek, u Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi fuqarolarning imkoniyatlari va farovonligini oshirishiga ishonishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvada bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Joriy yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz ovozini olib, g‘olib bo‘lgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi fuqarolar farovonligini oshirishi haqida gapirdi