08:00 / 24.11.2021
2 522

Qashqadaryoda mast er xotinini urib o‘ldirdi

Qashqadaryoda mast er xotinini urib o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 21 oktabr kuni er turmush o‘rtog‘i bilan janjallashish oqibatida uni urib o‘ldirgan, deya viloyat prokuraturasi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning «Uyg‘ur» mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazgani oqibatda G.X. vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkakka nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda mast er xotinini urib o‘ldirdi