12:44 / 24.11.2021
1 566

O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—oktabr oylarida 242,5 mingta nikoh qayd etilgan, deb xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rsatkich 2020 yilning mos davri bilan solishtirganda 5,8 foizga oshgan. Bundan tashqari, oktabr oyida respublikada 35 745 ta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yanvar—iyun oylarida eng ko‘p nikoh qaysi hududda qayd etilgani ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, 6 oy davomida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2021 yilning dastlabki olti oyida 60 yoshdan oshgan ayollar orasida 152 ta nikoh holati qayd etilgani xabar qilingandi. Shuningdek, O‘zbekistonning qaysi viloyatida qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi