16:23 / 24.11.2021
2 326

AQSH O‘zbekistonni demokratiya bo‘yicha sammitga taklif qilmadi

AQSH O‘zbekistonni demokratiya bo‘yicha sammitga taklif qilmadi
Foto: AP Photo/Patrick Semansky
AQSH Davlat departamenti o‘z veb-saytida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden mezbonlik qiladigan «Demokratiya sammiti»da ishtirok etish uchun taklif etilgan 110 davlat ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga ko‘ra, sobiq SSSR davlatlari orasida Ukraina, Armaniston, Gruziya, Moldova, Litva, Latviya va Estoniya taklif etilganlar ro‘yxatidan joy olgan. Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Ozarboyjon ishtirokchilar orasida qayd etilmagan.

Bayden ma’muriyati Hindiston va Filippinga taklif yuborgan. Turkiya, Xitoy va Rossiya esa sammitda ishtirok etishga taklif qilinmagan. Vengriyadan tashqari Yevropa ittifoqiga a’zo barcha davlatlar taklif olgan.

Bayden dunyo yetakchilaridan tashqari fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillarini «sammit uchun aniq majburiyatlar va natijalarni ishlab chiqish»ga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazish uchun bir joyga yig‘adi.

Prezident Jo Bayden «Demokratiya sammiti» g‘oyasini 2019 yilda AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod bo‘lganida e’lon qilgan edi. Bu yil u 9-10 dekabr kunlari video-konferens-aloqa orqali o‘tkaziladi.

«Sammitda asosiy e’tibor demokratiyalar oldida turgan muammolar va imkoniyatlarga qaratiladi hamda yetakchilarga mamlakatda va xorijda demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha individual, jamoaviy majburiyatlar, islohotlar, tashabbuslarni e’lon qilish uchun platforma taqdim etiladi», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH O‘zbekistonni demokratiya bo‘yicha sammitga taklif qilmadi