20:30 / 24.11.2021
2 728

Qashqadaryoda ayol xushtorini qotillikka yolladi

Qashqadaryoda ayol xushtorini qotillikka yolladi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Yollanma qotil sheriklari bilan tadbirkorni 44 marta pichoqlab o‘ldirgan hamda uydan 850 mln so‘mni olib ketgan. Qotillik qurboni bo‘lgan tadbirkor — ayolning eri edi.

Joriy yilning 25 martdan 26 martga o‘tar kechasi Shahrisabzda tadbirkor X.M jinoiy guruh tomonidan o‘ldirib ketilgan. Uni 44 marta pichoqlagan yollanma qotil va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, tadbirkor X.M. ayolining U.S. bilan ishqiy munosabatda bo‘lganidan xabar topgan va oilaviy janjal yuzaga kelgan. Siri fosh bo‘lgan U.S. uyida saqlanayotgan pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, qochish rejasini tuzgan va qotil yollab turmush o‘rtog‘ining yashash xonadonida bosqinchilikni rejalashtirgan.

Qabih rejaga ko‘ra, ayolning hushtori va uning sheriklari pichoq bilan qurollanib, X.M.ning uyiga bostirib kirgan. Bosqinchilar uni shavfqatsizlarcha o‘ldirib, seyfdagi 850 million so‘m pul mablag‘ini olib, hodisa joyidan yashirinishgan. Ammo ular tez orada qo‘lga olinishgan.

Sud hukmiga ko‘ra, marhumning ayoliga 13 yilu 4 oy, uning hushtori U.S.ga nisbatan esa 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a’zolari B.S.ga 21 yilu 6 oy, A.I va J.X.larga 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda ayol xushtorini qotillikka yolladi