1 747
Andijonda arazlab ketib qolgan xotinining burnini tishlab, uzib olgan erkakka hukm o‘qildi
Andijon viloyati Buloqboshi tuman sudida o‘z xotinining burnini tishlab, uzib olgan erga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalning «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 29 iyun kuni erkak qaynotasining uyiga arazlab ketib qolgan turmush o‘rtog‘i va farzandlarini olib ketish uchun borgan. Ammo ayolning ota-onasi qizi ketmasligini aytgan. Shu payt erkak xotinining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, uning burnini tishlab, qochib ketgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 28 iyuldagi xulosasiga ko‘ra, burun uchi va o‘ng tomon qansharida tishlangan, yirtilgan va uzib olingan jarohatlar mavjudligi qayd etilgan.
Shuningdek, bir necha bosqichli operatsiya o‘tkazish kerakligi, biroq qayta tiklangan burun uchi va qanotlari sohalarida chandiqlar qolib ketishi xulosa qilingan.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan jazolangan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda