20:49 / 25.11.2021
709

Qidiruvdagi avtotransport vositalarining 73 foizi topilgan

Qidiruvdagi avtotransport vositalarining 73 foizi topilgan
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.
Xususan, Byuro organlari tomonidan amalga oshirilgan qidiruv faoliyati natijasida joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, shundan 4 ming 500 nafardan (58%) ortig‘i topilib, majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.

Hozirda 3 ming 264 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda, aytish joizki, ushbu shaxslarning 2 ming 149 tasi respublika hududida yashirinib yurganligi, 1 ming 115 tasi esa, chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan.

Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 mlrd 700 mln. so‘m, shu jumladan 22 mlrd 800 mln. so‘m aliment pullari undirilib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minot olishlari ta’minlangan.

Byuro organlarida sud hujjatlariga asosan farzandlarning onalari tarbiyasiga olib berish bilan bog‘liq ijro ishlari doimo dolzarb bo‘lib kelgan.

Hozirda, 80 dan ortiq ijro ishlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan farzandlarning onalari qaramog‘iga olib berilishi bo‘yicha 57 ta ijro ishlari amalda tamomlandi. Qolgan ishlari bo‘yicha qidiruv harakatlari davom etmoqda.

Huddi shuningdek, joriy yilda qidiruv e’lon qilingan 4.222 ta avtotransport vositalarining 3 ming 73 tasi, ya’ni 73 foizi tezkor tadbirlar natijasida topildi va qolgan 1.149 ta avtotransport vositalarini topish bo‘yicha qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Qidirib topilgan 3 ming 73 ta avtotransport vositalari undiruvga qaratilishi natijasida 40 mlrd. 500 mln. so‘mlik qarzdorlik undirilishi ta’minlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi avtotransport vositalarining 73 foizi topilgan