21:54 / 25.11.2021
1 450

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida YEIning yuqori darajadagi vakili davlat rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Muloqotda O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, noyabr oyida «O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«O‘zaro savdo hajmi ortib, Yevropa yetakchi kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda yirik investitsiya loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim, xavfsizlik sohasida, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasida muhim qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va YEI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni yakunlash va uni tez fursatda qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi