Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq qishlog‘ida yashovchi Odilbek Siddiqov o‘z xonadonida papayya daraxtini iqlim sharoitiga moslashtirdi. Buning natijasida daraxtning mevasidagi ta’m ham o‘zgardi. Ya’ni aslida bodring ta’mini beruvchi meva endi handalak ta’mli bo‘ldi.
– O‘zim bolalar shifokori bo‘lganim bois inson salomatligi uchun foydali mevalarni yetishtirishga qiziqaman,– deydi Odilbek Siddiqov. – Aslini olganda foydasiz mevaning o‘zi yo‘q. Biroq yurtimizda yetishtirilmaydigan mevalar ham ko‘p! Ana shulardan biri papayya bo‘lib, O‘zbekistonda uning o‘rindoshi yo‘q. Papayya tibbiyotda ham, kosmetologiyada ham birdek foydali! U disk churrasi, oshqozon-ichak hazmi, qandli diabet bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Vitaminga boy. Uni iste’mol qilgan kishining yuzi tiniqlashib, organizmi yosharadi.
Ma’lumotlarda bayon etilishicha, ushbu o‘simlik hosili daromad manbai hamdir. Sababi, har bir daraxt 15-20 kg hosil beradi va 1 kg papayyaning narxi 150 ming so‘m turadi. Shifokor shu bilangina kifoyalanib qolmay, issiqxonasida tibbiyot va tabobatda keng qo‘llaniladigan fexoa, zaytun, mandarin, limon, greypfrut, marakuya, gojji, banan kabi o‘simliklarni ham parvarishlamoqda. Uning maqsadi noyob o‘simliklarni mintaqamiz sharoitiga moslashtirish va ommalashtirishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?