10:29 / 26.11.2021
2 131

Uch deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi, ular javobgarlikka tortilishi mumkin

Uch deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi, ular javobgarlikka tortilishi mumkin
Jizzaxda uch nafar deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi. Endi ular javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bu haqda Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilingan.

Bu bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar hamda xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining «Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha» doimiy komissiyaning tegishli qarorlari inobatga olingan.

Natijada, 3-«Olomon» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat M.Abdullayeva, 4-«Qirqqishloq» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat J.Xidirov va 15-«O‘ray» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat D.Misirovlar daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi hamda ularning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga rozilik berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uch deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi, ular javobgarlikka tortilishi mumkin