10:54 / 26.11.2021
5 226

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi
Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 63-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi 13 yoshli o‘quvchilardan biri homilador ekani aniqlangan. Bu haqida «Daryo» xabar bermoqda.

«Daryo» muxbiri suhbatlashgan bir nechta manba haqiqatan Samarqand shahridagi 63-umumta’lim maktabida 2008 yilda tug‘ilgan o‘quvchi homilador bo‘lib qolganini tasdiqlagan.

Surishtiruvlarga ko‘ra, qizning homilasi 25 haftalik bo‘lgan. Samarqand shahar hokimligi va boshqa tashkilotlardan maktabga ishchi guruh kelib holatni o‘rganib, muhokama qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 yoshli homilador qiz bolani tug‘ishini ma’lum qilgan.

«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari mazkur holat yuzasidan 26 noyabr kuni aniq ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati rahbari bu holatdan xabari yo‘qligini, viloyat IIB axborot xizmati rahbari 26 noyabr kuni ushbu holatga aniqlik kiritishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi