16:05 / 26.11.2021
2 416

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi qonunni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
«Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–731-son, 26.11.2021y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga ko‘ra, noshirlik faoliyati sub’ektlari o‘z faoliyatida mustaqildir. Nashrga tayyorlangan qo‘lyozmalarni va materiallarni senzuradan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, mazmuniga ko‘ra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin bo‘lgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.

Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.

Qonunga ko‘ra, noshirlik faoliyatining sub’ektlari quyidagilardan iborat:
- nashriyot;
- tayyorlovchi;
- buyurtmachi;
- tarqatuvchi.

Noshirlik faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish talab etilmaydi:

- davlat organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini nashr etishda;
- respublika ahamiyatiga ega nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qo‘lyozma huquqi asosida ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda;
- ommaviy axborot vositalari ushbu OAV tahririyatlari tomonidan chop etilganda.

Noshirlik mahsulotlari tarqatuvchi tomonidan shartnomalar asosida tarqatiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev navbatdagi qonunni imzoladi