Ohangaron tumani hokimining farmoyishi bilan hokimlik haydovchisi vazifasida ishlab kelgan xodimning bosh mutaxassis vazifasiga tayinlangani to‘g‘risida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Holatga tuman hokimligi axborot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, haqiqatdan ham, joriy yilning 26 noyabr sanasida Bo‘tabek Kimsanboyev haydovchilik vazifasidan ozod etilib, tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘’basi bosh mutaxassisi vazifasiga ishga qabul qilish to‘g‘risida tuman hokimining farmoyishi qabul qilingan hamda uning zimmasiga tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasi yuklatilgan.
Ma’lum qilinishicha, B.Kimsanboyev 1996 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini, 2005 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi IIB akademiyasini tamomlagan. Uzoq yillar viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, bir necha yillar tuman hokimligida yurist vazifasida mehnat qilgan. Kadrlar tizimidagi o‘zgarishlar natijasida, vaqtinchalik tuman hokimligida bo‘sh turgan haydovchilik shtatiga o‘tkazilgan va oz muddat ushbu vazifada ishlagan (hokim haydovchisi emas!).
Yaqinda tuman hokimligida Bolalarni himoya qilish sho‘’basi tashkil etilganligi va ushbu sho‘’ba bosh mutaxassisligiga huquqshunos malakasiga ega bo‘lgan xodim talab etilganligi bois, ko‘p yillik tajribasi hisobga olinib, B.Kimsanboyev ushbu lavozimga o‘tkazilgan.
Ushbu holatda tuman hokimligi hech qanday qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan, deb hisoblaydi, deyiladi Ohangaron tumani hokimligi axborot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi