22:22 / 27.11.2021
3 382

Toshkent viloyatida 8 yil oldin bedarak yo‘qolgan qiz jasadi topildi

Toshkent viloyatida 8 yil oldin bedarak yo‘qolgan qiz jasadi topildi
Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan dala hovlilardan birining yerto‘lasidan bundan 8 yil muqaddam bedarak yo‘qolgan qizning jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB axborot xizmati xabar qildi.

18 yoshga to‘lmagan N. so‘nggi bor 2012 yil 25 sentabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Eski jo‘va bozorida o‘gay otasi, ya’ni onasidan 9 yosh kichik bo‘lgan, onasi bilan shar’iy nikohda bo‘lgan S. chaqirgani sababli uning oldiga borgan va uyiga qaytib kelmagan.

Nargizaning yaqinlari shu vaqtgacha qizni izlab IIO va prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib kelgan. Ushbu qotillik 1984 yilda Surxondaryoda tug‘ilgan T.S. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, T.S. N.ning bo‘yin qismidan choyshab bilan bo‘g‘ib, uning vafot etganiga ishonch hosil qilgach, jasadni dala hovlining yerto‘lasiga ko‘mib yuborgan.

Holat yuzasidan qotillikni sodir etgan shaxs Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan Toshkent viloyati sudi tomonidan 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 8 yil oldin bedarak yo‘qolgan qiz jasadi topildi