14:12 / 28.11.2021
1 640

O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari Afg‘onistondagi holatni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari Afg‘onistondagi holatni muhokama qilishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Ashxobod shahrida o‘tayotgan IHT sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sheriklik aloqalari, eng avvalo iqtisodiyot yo‘nalishida jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari Afg‘onistondagi holatni muhokama qilishdi