18:00 / 28.11.2021
2 500

Qidiruvda bo‘lgan shaxs 2020 yil Qarshidagi koloniyadan qochgani ma’lum bo‘ldi

Qidiruvda bo‘lgan shaxs 2020 yil Qarshidagi koloniyadan qochgani ma’lum bo‘ldi
Foto: IIV
Qashqadaryoda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etib, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida qo‘lga olingan qidiruvdagi jinoyatchi Sh.T. 2020 yil Qarshi shahridagi manzil koloniyalarning biridan qochgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 23 noyabr kuni Toshkent viloyatining O‘rta S'hirchiq tumanida qo‘lga olingan 28 yoshli jinoyatchi Sh.T. 2015 yil Qashqadaryoda Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda bosqinchilik) 25, 97-moddasi 2-qismi «v», «d», «j», «n», «o», «p» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda, o‘ta shafqatsizlik bilan, kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Jinoyatchi viloyatda joylashgan 2-sonli jazoni ijro etish muassasasida 5 yil jazo muddatini o‘tab, 2020 yilning sentabr oyida Qarshi shahrida joylashgan 32-manzil koloniyaga joylashtirilgan. Biroq u manzil koloniyada uzoq qolmay, jazodan qutulish maqsadida manzil koloniyadan qochib ketgan. Shu bois ham 2020 yilning 15 sentabr kuni unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Toshkent viloyati IIB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, jinoyatchi O‘rta Chirchiq tumanida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingach, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvda bo‘lgan shaxs 2020 yil Qarshidagi koloniyadan qochgani ma’lum bo‘ldi