21:28 / 28.11.2021
2 120

Koronavirusning xavfli «omikron» shtammi belgilari ma’lum qilindi

Koronavirusning xavfli «omikron» shtammi belgilari ma’lum qilindi
Foto: «Nevnov.ru»
Janubiy afrikalik shifokor Anjelik Kutzeye Britaniyaning The Telegraph nashrida «Omikron» shtammi belgilarini sanab o‘tdi.
U birinchi bo‘lib virusning yangi varianti bilan kasallangan bemorlar haqida xabar bergandi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, patogen yana mutatsiyaga uchraganiga gumonlar COVID-19 noodatiy ko‘rinishlari bo‘lgan bemorlarning tashrifi ko‘payganligi sababli paydo bo‘lgan. Xususan, yoshlar kuchli charchoq hissidan shikoyat qilishgan, shuningdek, olti yoshli bolaning yurak urishi tezlashgan va isitmasi chiqqan. Ikki kundan keyin u o‘zini ancha yaxshi his qila boshlagan.

Shunga qaramay, bemorlarning hech qaysisi ta’m yoki hid bilish qobiliyatini yo‘qotmagan.

«Ularning belgilari men ilgari duch kelgan alomatlardan juda farq qildi va yengil shaklda namoyon bo‘ldi», – dedi shifokor.

Yangi turdagi infeksiya belgilari aniqlangan Kutzeyening yigirmaga yaqin bemorlari COVID-19ga topshirgan test natijalari musbat chiqqan. Ular asosan sog‘lom erkaklar bo‘lib, ular holdan toyishgan. Yarmiga yaqini emlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Afrikada koronavirusning xavfli shtammi topilgani xabar berilgandi.

JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning xavfli «omikron» shtammi belgilari ma’lum qilindi