21:55 / 28.11.2021
1 663

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama savdo hajmining ortishiga ko‘maklashish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Eron yetakchilari Afg‘onistondagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi