00:13 / 29.11.2021
2 065

Lacetti’ni IIO xodimlarining ustiga haydab, keyin qochib ketgan haydovchi ushlandi

Lacetti’ni IIO xodimlarining ustiga haydab, keyin qochib ketgan haydovchi ushlandi
Foto: Videodan kadr
Chiroqchi tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimlarining qonuniy talabini bajarmagani va mashinani IIO xodimlari ustiga yurgizib, so‘ng qochib ketgani haqida Kun.uz’da xabar berilgandi. IIV YHXBB axborot xizmati qonunbuzar haydovchi ushlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 27 noyabr kuni soat 16:10 larda Chiroqchi tumani hududida IIO xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan voqea joyidan qochib ketgan davlat raqami 70 D 083 FA bo‘lgan Lacetti mashinasi haydovchisining shaxsi aniqlanib, topilgan.

Surishtiruv davomida, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi H.A. avtomobilning old yon oynalari qoraytirilgani bo‘yicha ruxsatnomasi yo‘qligi sabab xodimlarning to‘xtash talabiga bo‘ysunmasdan ketib qolganini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Qashqadaryoda IIB xodimlari bo‘ysunmasdan qochgan Lacetti'ning oynalarini sindirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lacetti’ni IIO xodimlarining ustiga haydab, keyin qochib ketgan haydovchi ushlandi