08:46 / 29.11.2021
1 501

Sport maktabi direktori 1,5 mln so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sport maktabi direktori 1,5 mln so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi sport maktabi sobiq direktori 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Kitob tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avgust oyida tumandagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori bo‘lgan M.X. o‘z xizmat xonasida fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 million ming so‘mni pora tariqasida olayotganida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Kitob tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Tuman hokimligining 25 noyabr e’lon qilgan xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudida M.X. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sport maktabi direktori 1,5 mln so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi