1 672
Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida temir yo‘l izlarini o‘rab turuvchi panjaralarni o‘g‘irlagan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, G‘uzor-Qamashi temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 55-60 kilometrida joylashgan, temir yo‘l izlarini o‘rab turuvchi har birining uzunligi 1,5 metr bo‘lgan temir panjara va ustunlar yo‘qolgan. Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi “Toshguzar” bekatidagi bo‘linma HPG katta inspektori mayor Sh.Qodirov surishtiruv ishlari olib borgan.
Surishtiruvlar davomida temir panjara va ustunlarni Qarshi temir yo‘l ta’mirlash korxonasi brigadiri, Qamashi tumanida yashovchi D.A. hech qanday hujjatlarsiz olib ketgani aniqlangan. D.A.ning uyidagi qo‘shimcha xonalardan biriga xashak ostiga yashirib qo‘yilgan temir panjara va ustunlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Siri fosh bo‘lib qolgach, fuqaro D.A. to‘plangan hujjatlarni tergov organiga o‘tkazmaslik uchun profilaktika inspektoriga 200 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan. Mayor Sh.Qodirov fuqaroning bu xatti-harakatlari qonunga zidligini tushuntirsa-da, D.A. unamagan.
Shundan so‘ng, holat yuzasidan Transportda XTB JQB boshlig‘i mayor A.To‘rayev IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mayorning bildirgisiga asosan, 2021 yil 27 noyabr kuni IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qarshi transport prokuraturasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. Transportda XTB ma’muriy binosida A.To‘rayev va Sh.Qodirovga 200 dollarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi transport prokuraturasi tomonidan fuqaro D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi