12:37 / 29.11.2021
2 354

Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi
Fuqarodan savdo faoliyatiga rahnamolik qilishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zangiota tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.E. fuqaro Sh.dan tuman hududida joylashgan savdo majmuasiga tegishli bo‘lgan piyodalar yo‘lagini hech qanday hujjatlarsiz 13 oy muddatga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun ajratib berish hamda ushbu vaqt davomida tekshiruvchilarga rahnamolik qilish evaziga 2 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi