Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 17.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, javobgar D.R.dan da’vogar B.S. ning foydasiga 45 mln. 669,8 ming so‘m avtoo‘lov uchun to‘langan puli va 1,8 mln. so‘m sud harajatini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi Byuroning Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ishi bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun javobgar D.R.ga 15 (un besh) kunlik muddat berilib, mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Tegishli tashkilotlardan olingan javob xatlariga asosan javobgarning nomida Lacetti avtoo‘lovi borligi aniqlangan va javobgar tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy muddatda bajarmaganligi sababli, unga tegishli bo‘lgan Lacetti avtoo‘lovi xatlovga olingan.
Xatlangan avtoo‘lov kim-oshdi savdosida boshlang‘ich sotuv narhi 65 mln. 746,2 ming so‘m bilan “Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilib sotilgan.
Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari da’vogar B.S. ga to‘lig‘i bilan amalda undirilib, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasining“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi