07:30 / 30.11.2021
1 828

Toshkentda yo‘l haqi 3 ming so‘mli ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi

Toshkentda yo‘l haqi 3 ming so‘mli ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi
Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi shahar transport boshqarmasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 20,5 kil0metr masofali ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

Avtobus Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqahramon bozori yaqinidan qayrilib olib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi.

«Yo‘l kira narxi 3000 ming so‘m etib belgilanadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilishi xabar qilingandi. Shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi, Toshkentdan «Tashmore»gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘l haqi 3 ming so‘mli ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi