08:55 / 30.11.2021
1 925

Samarqandda yashirin kazino tashkil etilgani aniqlanib, bir guruh kishilar ushlandi

Samarqandda yashirin kazino tashkil etilgani aniqlanib, bir guruh kishilar ushlandi
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi xonadonlarning birida yashirin qimorxona tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Vaziyat 24» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur fuqaro kirakashlik faoliyatidan tashqari qo‘shimcha moddiy daromad topish maqsadida o‘zining yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarini tashkil etib kelgan.

Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan 21 noyabr kuni olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida 34 yoshli fuqaro 19 kishiga qimor o‘yinlarini tashkil qilayotganida ushlangan.

Voqea joyidan olingan 24 dona o‘yin biletlari, 90 dona o‘yin toshlari hamda o‘yin ishtirokchilaridan yig‘ib olingan jami 8 million 400 ming so‘m va 300 dollar miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yashirin kazino tashkil etilgani aniqlanib, bir guruh kishilar ushlandi