22:16 / 30.11.2021
3 898

Ayol «Mercedes» avtomobilini Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qildi

Ayol «Mercedes» avtomobilini Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qildi

Fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovna o‘ziga tegishli Mercedes-Benz S500 Hybrid rusumli avtomobilni Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz taqdim etdi.

Shahar hokimining 30 noyabrdagi qarori bilan fuqaroning taklifi ma’qullandi va avtomobil hokimlik balansiga qabul qilindi. E-qaror platformasiga joylangan hujjatga Telegram'dagi “Hokim qarori” kanali e’tibor qaratdi.

Qarorda avtomobil qora rangda ekani, “01 M 798 HM” davlat raqam belgisiga egaligi qayd etilgan; ishlab chiqarilgan yiliga aniqlik kiritilmagan.

Ham benzin, ham elektr zaryadida harakatlanuvchi Mercedes-Benz S500 gibrid modeli 2014 yildan sotuvga chiqqan.

Avtoelon.uz saytiga 30 noyabr kuni joylangan e’londa 2021 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz S 500 rusumli avtomobil 223 ming yevroga narxlangan. E’lon muallifi o‘zini Mercedes-Benz'ning rasmiy dileri deb tanishtirgan.

Poytaxt hokimining qaroriga asosan, hokimlikning ishlar boshqarmasiga mashinani texnik ko‘rikdan o‘tkazib, undan samarali foydalanish choralarini ko‘rish topshirilgan.

Shahar moliya boshqarmasiga bu avtomobilni saqlash xarajatlarini 2022 yilgi mahalliy budjetga kiritish vazifasi yuklatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol «Mercedes» avtomobilini Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qildi