15:21 / 01.12.2021
1 877

Maxsus komissiya «omikron» virus sabab qator cheklovlar joriy etdi

Maxsus komissiya «omikron» virus sabab qator cheklovlar joriy etdi
Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida yangi yil arafasida mamlakatimizda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar:

- Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatildi.

- Mazkur davlatlarning fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.

Mas’ul vazirlik va idoralar ushbu davlatlardagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ular bilan xalqaro aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash yuzasidan taklif kiritib borishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maxsus komissiya «omikron» virus sabab qator cheklovlar joriy etdi