18:20 / 01.12.2021
4 187

Olimlar qaysi sport turi keksalikda aqli zaiflik keltirib chiqarishini aniqlashdi

Olimlar qaysi sport turi keksalikda aqli zaiflik keltirib chiqarishini aniqlashdi
Orttirilgan aqli zaiflikka va surunkali ensefalopatiyaga ko‘p hollarda kontaktli sport turi bilan shug‘ullanadigan va muntazam ravishda boshidan zarba oladigan sportchilar moyil bo‘lishi aniqlandi. Bu haqda AQSH Boston universiteti olimlarining Neurology jurnalida chop etilgan tadqiqotida ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislar guruhi "oq moddaning giperintensivligi" deb ataladigan miya shikastlanishining belgilarini o‘rganib chiqishdi. Ular miya tasvirlarida yorqin dog‘lar sifatida paydo bo‘lishi aniqlandi. Tahlil davomida olimlar giperintensivlik zonalari soni va kichik tomir kasalliklarining namoyon bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Tadqiqotchilar jarohatga moyillili bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullangan insonlarning MRTma’lumotlarini solishtirdilar. Aniqlanishicha, ana shunday kasallikka chalinganlarning 90%i - hayoti davomida amerikancha futbol bilan shug‘ullangan. Qolganlar esa oddiy futbol o‘ynagan, boks bilan shug‘ullangan yoki qurolli kuchlar safida xizmat qilgan. Qayd etilishicha, insonlarning aksariyati o‘limidan oldin demensiyadan, 71 foizi esa surunkali travmatik ensefalopatiyadan aziyat chekkan.

Avvalroq Germaniyaning Gettingen va Myunxen universitetlari olimlari qonda maxsus biologik belgilarni aniqlagan edi. Ularning ortib borayotgan - bilvosita yaqinlashib kelayotgan akli zaiflik belgilarini ko‘rsatgan.

Orttirilgan aqli zaiflik - demensiya deb ataladi. Bu ilgari olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarning yo‘qolishi bilan kognitiv faollikning doimiy pasayishi bo‘lib, asosan holat keksa odamlarda ko‘p kuzatiladi.

Dunyo bo‘ylab shifokorlar har yili aqli zaiflikning 10 millionga yaqin yangi holatlarini qayd etishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar qaysi sport turi keksalikda aqli zaiflik keltirib chiqarishini aniqlashdi